Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi Shovana qishlog‘ida avtomobil yo‘lining teng yarmi o‘pirilib tushgan, deb xabar bermoqda “Xalq so‘zi”.
Yo‘l soy yoqalab o‘tgan bo‘lib, suratlarga qaraganda, yaqinda yog‘ib o‘tgan tinimsiz yomg‘irlar oqibatida suv sathi ko‘tarilib, u loyqalanib oqmoqda.
Mahalliy aholi aytishicha, yanada torayib qolgan avtomobil yo‘lida xavfsizlikni ta’minlash uchun hech qanday YHXX xodimlari kelmagan.
Izoh (0)