Hukumat qarori bilan maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Nizomga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalarida (bog‘cha) va umumta’lim muassasalarida (maktab) quyidagi davlat organlari tekshirishni amalga oshiradi:
Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari;
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari;
Sanitariya-epidemologiya nazorati markazlari;
Bandlikka ko‘maklashish organlari;
Favqulodda vaziyatlar organlari;
Atrof-muhitni muhofaza qilish organlari.
Tekshiruvlar muddati 10 kundan oshmasligi lozim.
Tekshirishdan 10 kun oldin tarkibida bog‘cha va maktab bo‘lgan davlat organlari yozma xabardor qilinadi. Mazkur organlar bir kunda bog‘chalarga va maktablarga tekshirish haqida xabar beradi.
Izoh (0)