Aprel oyida O‘zbekistonda, xususan Jizzax viloyatida yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ldi. Buning oqibatida tog‘li hududlarda sel kelib, aholiga qiyinchiliklar tug‘dirdi. Bu haqda Jizzax viloyati FVB xabarida aytiladi.
Bu holatda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan aholiga doimiy ravishda tushuntirish ishlari bilan birgalikda yordam berib kelinmoqda.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Sohib Qudratovning ma’lum qilishicha Juma qishlog‘idagi ko‘prik hamda elektr uzatish tarmoqlari 23—24-aprel kunlari sel kelishi natijasida shikastlandi. 25—26-aprel kunlari boshqarmaning mas’ul xodimlari hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va bartaraf etish Davlat tizimi xizmatlari tomonidan tezkor olib borilgan ishlar natijasida barcha kamchiliklar joyida bartaraf etilib, ishlar davom ettirilmoqda.
Avvalroq Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Juma qishlog‘ida kuchli suv toshqini kuzatilgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)