Toshkent davlat texnika universiteti Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti, metallurgiya yo‘nalishi 2-kurs 1-17 guruh talabalari murabbiy boshchiligida “O‘zbekiston bo‘ylab sayyohat qil” aksiyasi doirasida dam olish kunlari Samarqand shahriga sayohat uyushtirgan edi, deb xabar beradi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
Sayohat davomida viloyatning Qo‘shrabot tumanida kursdoshlari uyida mehmon bo‘lgan talabalar 2019-yil 20-aprel kuni selda oqib kelayotgan avtomashina ichidagilarni – butun boshli oila a’zolarining hayotini saqlab qoldi.
Talabalar oqim bilan kelayotgan Nexia avtomobilini to‘xtatib, uning ichidan er-xotin, ularning ikki oylik chaqalog‘i hamda buvisini qutqarib oldi.
Izoh (0)