Shri-Lankada 290 kishi halok bo‘lgan teraktlardan so‘ng 23-aprel yarim tundan e’tiboran favqulodda holat tartibi joriy etiladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Favqulodda holat tartibi politsiya va qurolli kuchlarni jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur vakolatlar bilan ta’minlash maqsadida joriy etilayotgani bildirilmoqda.
Shri-Lankadagi barcha katolik maktablari 29-aprelga qadar yopiladigan bo‘ldi. Oldinroq universitetlarda ham noma’lum muddatga qadar mashg‘ulotlar to‘xtatilgandi.
Izoh (0)