“Doimiy norozilik” faollari Yekaterinburgda Vladimir Putinga ikkita qabrtoshi o‘rnatdi, deb xabar berdi Meduza.
Ulardan biri shahar hokimiyati oldida, ikkinchisi “1905-yilgi maydon” metro stansiyasi oldida paydo bo‘lgan.
21-aprel kuni politsiyachilar “qabrtoshi” qo‘yilishida ayblab Mixail Klyukinni qo‘lga olgan. Suhbatdan so‘ng 23-aprelga chaqiriq qog‘ozi berilib, politsiyadan qo‘yib yuborilgan. Faollardan yana biri Maksim Korchenkin ham chaqiriq qog‘ozi olgan.
Izoh (0)