20-aprel, shanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom ettirilmoqda.
-60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shukurjon Rahimov ilk jangini Shimoliy koreyalik Man Cho Cholga qarshi o‘tkazdi.
Rahimov ochkolar hisobiga raqibini mag‘lub etdi va keyingi bosqchga chiqdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq -49 kg vazn toifasi vakili Nodirjon Mirzaahmedov yaponiyalik raqibi ustidan g‘alaba qozongandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)