O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakat aholisi va sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida hojatxonalarni izlash interaktiv xaritasini ishga tushirdi. Bu haqda “Uzbekistan.travel” xabar berdi.
Sanitar-gigiyenik uzellar rivojlangan turizm infratuzilmasida muhim o‘rin tutadi. O‘rganishlar natijasida hozirgi paytda sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan jamoat joylari hamda obyektlarda sanitar-gigiyenik uzellar tashkil qilishga ehtiyoj borligi aniqlandi, deyiladi xabarda.
Interaktiv xarita yangi sanitar-gigiyenik uzellar qurilishi hisobiga muntazam ravishda yangilanadi.
Izoh (0)