O‘zbekiston maktablarida koreys tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar soni oshib bormoqda. Bu haqda Xalq ta’’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Mamlakatda hozirda koreys tili o‘qitiladigan 12 ta maktab faoliyat yuritmoqda. Mazkur ta’lim muassasalari soni o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 4 taga ko‘paydi.
Shuningdek, koreys tili o‘qitiladigan sinflar soni 2017—2018-o‘quv yilida 91 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2018—2019-o‘quv yilida 153 taga yetdi.
Koreys tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar soni ham oshib, 2018—2019-o‘quv yilida 5466 nafarni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 2728 nafarga ko‘p.
Izoh (0)