Ko‘ksaroy qarorgohida Koreya Respublikasi prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tantanali marosim “O‘zbekiston 24” telekanali va O‘zbekiston Prezidentining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiya qilinmoqda.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlarining Ko‘ksaroydagi muzokaralarida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Imzolash uchun salmoqli hujjatlar to‘plami tayyorlangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida alohida strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qilish rejalashtirilgan.
https://www.facebook.com/Mirziyoyev/videos/2196428660669964
Izoh (0)