16-aprel kuni tong sahardan boshlab yoqqan yomg‘ir oqibatida Samarqand shahrining bir qator ko‘chalarini yana suv bosdi, deb xabar berdi “Xalq so‘zi Online”.
Qayd etilishicha, xalq tilida “Makaronka” nomi bilan mashhur bo‘lgan ko‘chadagi drenaj tizimlari ham yig‘ilgan suvga dosh bera olmagan.
Eslatib o‘tamiz, 29-mart kuni ham Samarqandda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yo‘llarni suv bosgan. Suv hattoki ko‘plab xonadonlarning ham ichigacha kirib borgani tasvirlangan videolar tarqalgandi.
Izoh (0)