12-aprel kuni Qozog‘iston musulmonlari idorasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Maksatbek Toktomushev, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Moldova va Finlyandiya musulmonlari yetakchilari qatnashdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.
Marosimda musulmonlar idorasi yangi binosining tarkibiy tuzilmasi, yaratilgan shart-sharoitlar, mehmonlar bilan muloqot qilish xonalari, ko‘rgazma zallari va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ma’lumotlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ochilish marosimida so‘zga chiqib, ushbu muhtasham va fayzli bino bilan Qozog‘iston musulmonlari idorasi rahbariyatini qutlab, ko‘p yillar mo‘min-musulmonlar xizmatida bo‘lishini va Islom dini ravnaqi yo‘lida samarali ishlar olib borilishini Alloh taboraka va taolodan duo qilib so‘radi.
Izoh (0)