10-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida navbatdagi 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Turinning “Yuventus” klubi safarda “Ayaks” bilan bahsga kirishadi.
Eslatib o‘tamiz, turinliklar musobaqa 1/8 finalida “Atelito Madrid”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:2 hisobida yenggan bo‘lsa, “Ayaks” amaldagi champion “Real Madrid”ni 5:3 hisobida taslim qilgandi.
Shu kuni Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Old Trafford” stadionida Ernesto Valverde boshliq Kataloniyaning “Barselona” klubi bilan jang qiladi. Ikkala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, “qizil iblislar” nimchorak finalda Parijning PSJ klubini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mehmonda urilgan gollar evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi (3:1, 0:2). Kataloniyaliklar esa Fransiyaning boshqa bir jamoasi “Lion”ni yirik hisobda taslim qilgandi (5:1).
YChL
1/4 final bahslari
10-aprel, chorshanba
“Ayaks”—“Yuventus” 00:00
“Manchester Yunayted”—“Barselona” 00:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)