2019-yilgi motomavsum boshlandi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati.
Motomavsum boshlanishi munosabati bilan Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya va O‘zbekistonning eng mohir baykerlari “Paxtakor” metrosi yonidan “Anhor-Lokomotiv” bog‘igacha bo‘lgan masofada ko‘rgazmali namoyish ko‘rsatdi.
Tadbirning ikkinchi qismi havaskor motosiklistlar, shaharliklar va poytaxt mehmonlari ishtirokida bog‘da davom etdi.
Izoh (0)