30-yanvar, shanba kuni “Marsel” hujumchisi Mario Balotelli Fransiya chempionatining 30-turida “Anje”ga qarshi o‘yinda dublga erishdi (2:2).
Italiyalik futbolchi 1969-yildan buyon Liga 1 doirasida marselliklar safida o‘z maydonida kechgan ketma-ket o‘zining dastlabki 5 ta uchrashuvida gol ura olgan birinchi futbolchi bo‘ldi, deb xabar berdi Opta.
Ma’lumot uchun, Balotelli qishki transferlar vaqtida “Marsel”ga “Nitssa” klubidan kelib qo‘shilgandi.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi joriy mavsum Fransiya chempionatida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)