29-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 27-tur bahslariga start berildi.
Turning dastlabki bellashuvida “Hoffenhaym” klubi “Bayer Leverkuzen”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (4:1).
Uchrashuvning 10-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Isxak Belfodil raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, oradan 7 daqiqa o‘tib Kevin Folland hisobni tenglashtirdi (1:1). 51-daqiqaga kelib “Bayer” futbolchisi Sven Bender o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. 61-daqiqada esa Isxak Belfodil dublga erishgan bo‘lsa, 79-daqiqada Andrey Kramarich ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi (4:1).
30-mart, shanba kuni Niko Kovach qo‘l ostidagi Myunxenning “Bavariya” klubi safarda “Frayburg”ni sinovdan o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar so‘nggi turda o‘z maydonida “Mayns” klubini qabul qilib, javobsiz 6 ta gol urgandi.
Shu kuni musobaqa jadvalida 60 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinda borayotgan Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Volfsburg”ni qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, Lyusyen Favr shogirdlari musobaqaning 26-turida “Mayns”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratgandi (3:2).
Diter Heking boshliq “Borussiya Myunxengladbax” klubi mehmonda “Fortuna Dyusseldorf” jamoasi bilan o‘ynaydi. Uchala uchrashuv ham Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, myunxengladbaxliklar ayni damda musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
26-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
Bundesliga
27-tur bahslari
29-mart, juma
“Hoffenhaym”—“Bayer Leverkuzen” 4:1
Gollar: 1:0 — 10 Belfodil, 1:1 — 17 Folland, 2:1 — 51, avtogol, Bender, 3:1 — 61 Belfodil, 4:1 — 79 Kramarich30-mart, shanba
“Nyurnberg”—“Augsburg” 19:30
“Fortuna D”—“Borussiya Myunxengladbax” 19:30
“Frayburg”—“Bavariya” 19:30
“Verder”—“Mayns” 19:30
“Borussiya Dortmund”—“Volfsburg” 19:30
“Leypsig”—“Herta” 22:30
31-mart, yakshanba“Hannover”—“Shalke-04” 19:30
“Ayntraxt”—“Shtutgart” 22:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)