Buyuk Britaniya HHK ikki qiruvchi samolyoti Rossiyaning Tu-95 bombardimonchi samolyotlarini kuzatib borish uchun Shotlandiyadagi harbiy bazadan osmonga ko‘tarildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qiladi.
Ma‘lumotlarga ko‘ra, Rossiya harbiy samolyotlari janubiy yo‘nalish bo‘yicha Shimoliy dengiz ustidan uchgan, so‘ngra yo‘nalishni shimol tomonga o‘zgartirgan.
Ta’kidlanishicha, Tu-95 samolyotlari Buyuk Britaniya qirg‘oqlaridan 95 km uzoqlikda uchib o‘tgan.
Shu bilan birga, Rossiya bombardimonchi samolyotlari xalqaro suvlar ustidan uchib o‘tgan.
Izoh (0)