Bangladeshdagi osmono‘par binoda yuz bergan yong‘in qurbonlari soni 19 kishiga yetdi
Bangladesh poytaxti Dakkadagi osmono‘par binoda yuz bergan yong‘in qurbonlari soni 19 kishiga yetdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa tufayli yana 70 kishi jarohat olgani aytilmoqda.
Yong‘in binoning 8-qavatida alanga oldi va darhol boshqa qavatlarga tarqaldi. Uning sabablari hozircha ma’lum emas.
Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar