AQSh tomonidan o‘zbek paxtasiga taqiqni bekor qilinishi Markaziy Osiyo bozoridagi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri, iqtisod fanlari doktori Leonid Xolod ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
Biroq ko‘p narsa O‘zbekistonning eksport va logistika imkoniyatlariga bog‘liq.
“Amerikaliklar o‘zbek paxta mahsulotiga o‘z bozorini ochgani bu mamlakat uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilganini anglatadi. Gap O‘zbekiston okean ortiga amerikaliklar va ularga qo‘shni davlatlar savdo qiladigan sifat hamda narxdagi paxtani yetkazib bera olishida qoldi. Lekin nima bo‘lganda ham ushbu tovar qiymati va asosiy o‘yinchilar bo‘yicha qandaydir o‘zgarishlarni kutish mumkin”, — dedi rossiyalik iqtisodchi.
Izoh (0)