Bangladesh poytaxti Dakkadagi osmono‘par binoda yuz bergan yong‘in qurbonlari soni 19 kishiga yetdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa tufayli yana 70 kishi jarohat olgani aytilmoqda.
Yong‘in binoning 8-qavatida alanga oldi va darhol boshqa qavatlarga tarqaldi. Uning sabablari hozircha ma’lum emas.
Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Izoh (0)