Ispaniyaning Galisiya muxtoriyatida qurg‘oqchilik tufayli o‘nlab o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi. Avtomobil portlashi natijasida bir kishi halok bo‘lgan. Ushbu hodisa o‘rmondagi yong‘inlardan biriga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda 28-mart kuni “Korrespondent.net” xabar beradi.
Uch kun mobaynida yong‘in 1400 gektar o‘rmonni nobud qildi. Ba’zi joylarda yong‘in deyarli turar joy binolari eshigigacha ham yetib bordi, lekin o‘t o‘chiruvchilar va mahalliy aholi yong‘in oldini olishga muvaffaq bo‘ldi.
Bir kishi yong‘in qurboni bo‘ldi. Uning jasadi yonib ketgan mashinada topildi. Uning o‘limi sabablari hozircha noma’lum. Biroq hokimiyat organlari mashina portlashi va o‘rmonda boshlangan yong‘inning bir vaqtda sodir bo‘lishiga shubhalanmoqda. Yong‘inning qasddan uyushtirganligi ehtimoli ham bor.
Bundan tashqari, boshqa bir qancha yong‘in sabablari aniqlanmoqda.
Izoh (0)