• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qarshi tumani hokimligi o‘qituvchilarni aholini ro‘yxatga olish ishlariga jalb qilgan. Ammo majburiy tartibda emas deyishmoqda

    “Ozodlik”ning telegramdagi kanalida “Qarshi tumani hokimi o‘qituvchilarni darsdan qo‘yib, hokimlikda ishlatmoqda” degan xabar tarqaldi. Xabarda aytilishicha, tumandagi 38-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari dars paytida tuman hokimligida aholini ro‘yxatga olish ishlariga majburan jalb qilingan.

    Foto: “Daryo”

    Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan mazkur muammo aslida qanday bo‘lganligini bilish maqsadida “Daryo” muxbiri Qarshi tumanida bo‘ldi.

    — Tuman xalq ta’limi bo‘limi topshirig‘iga ko‘ra, 2018-yil noyabr oyidan e’tiboran 3 oy davomida tuman hokimligida aholini ro‘yxatga olish ishlariga ko‘ngilli ravishda yordam berdik, — deydi 38-umumta’lim maktabi direktori Xoliyor Shodmonov. – Bo‘limga tuman hokimligi tomonidan topshiriq berilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun men 6 nafar o‘qituvchimni darsi yo‘q paytida tuman hokimligidagi aholini ro‘yxatga olish ishlariga jalb qildim. Ammo o‘z xohishlariga ko‘ra, albatta. Hech kim norozi bo‘lgani yo‘q bundan. Yordamimiz tegsin deb chin dildan borishdi.

    Xoliyor Shodmonov.

    Xoliyor Shodmonov.
    Foto: “Daryo”

    Maktab direktori Xoliyor Shodmonovning aytishicha, noyabr oyidan boshlab 3 oy davom etgan ro‘yxatga olish ishlari binoyidek o‘tgan. Hech kim qilgan mehnatidan norozi bo‘lmagan. Ammo 10–15 kun ilgari takroriy ravishda boshlangan ro‘yxatga olish ishlari o‘qituvchilarning noroziligiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

    — Bugungi kun o‘qituvchilari haq-huquqini yaxshi biladi, — deydi maktab direktori o‘rinbosari Venera Xolmurodova. — Prezident qarorlari bilan tanishib bormoqda. O‘qituvchi erkin bo‘ldi, endi ishlaymiz degan vaqtda yana ishga chaqirishayaptimi degan fikrlar o‘tgan bo‘lishi mumkin ularda. Nafaqat o‘qituvchini, balki har bir insonni ishidan tashqari paytda ishga jalb qilish xohlaysizmi yo‘qmi uning noroziligiga sabab bo‘ladi. Demak, bundan keyin og‘zaki topshiriqlarni bajarmasligimiz kerak ekan. Lekin o‘qituvchilar ham bu muammoni xorij OAVlariga aytmasdan mutasaddilarga aytishsa bo‘lardi-ku.

    Direktor o‘rinbosari “Daryo” muxbirining “Prezident talabidan keyin ham o‘qituvchilarni vazifasidan tashqari ishlarga jalb qilish holati surunkali ravishda davom etgani bois ham ularning noroziligiga sabab bo‘lmadimikin?” degan savoliga “Balki bo‘lishi mumkin”, deya javob bergan o‘rinbosar, ilgariroq o‘qituvchilar suhbatida ortiqcha ishlarga jalb qilishdan norozilik kayfiyati sezilganini ham bildirdi.

    38-maktab direktori Xoliyor Shodmonov tuman hokimligidagi ro‘yxatga olish ishlariga hech kim majburiy tartibda jalb qilinmaganligini takrorlar ekan, tuman hokimligidan topshiriq olgach, dastlab Yoshlar ittifoqi yetakchisini jo‘natish maqsadida unga aytganini, xodim esa rad etganligini bildirdi. “Yoshlar ittifoqi yetakchisiga aytgandim, u yoshlar bilan ishlashi lozimligini aytib, vaqti kamligi sabab borolmasligini bildirdi, — deydi Xoliyor Shodmonov. – Xo‘p dedik va o‘z xohishi bilan boraman degan o‘qituvchilarni yubordik”.

    Foto: “Daryo”

    Maktab direktorining ma’lumot berishicha, tuman hokimligidagi aholini ro‘yxatga olish ishlarining 2-bosqichiga 6 nafar xodimi — Mirtemir Ro‘ziboyev, Mohira Aliqulova, Ochil Berdiyev, Maqsuda Ashurova, Gavhar Alyorova hamda Shodiyona Turdiyevalar o‘z xohishiga ko‘ra yuborilgan.

    Xoliyor Shodmonov va Venera Xolmurodovalarning aytishicha, tuman hokimligidagi ro‘yxatga olish ishlariga faqatgina 38-maktab emas, tumandagi 10–15 ta maktab o‘qituvchilari ham jalb qilingan. Ammo ularning aynan qaysi maktablar ekanligini bilishmaydi.

    Ma’lum bo‘lishicha, aholini ro‘yxatga olish ishlari shunchalik jadallashganki, joriy yil 20-mart kuni ham maktablardan xodim so‘ralgan. 38-maktab direktoridan ham xodim so‘ralgach, direktor o‘sha kuni xodim yuborolmasligini bildirgan. Ammo tuman xalq ta’limining maktab direktoriga familiyasi noma’lum bo‘lgan Samariddin ismli mas’ul xodimi ishchi yuborishi shart ekanligini bildirgan.

    — 20-mart kuni o‘qituvchilarni yubormasligimni bildirdim, — deydi Xoliyor Shodmonov. — Tuman xalq ta’limi bo‘limidan Samariddin “xodim yubormasangiz bo‘lmaydi” deb turib olgach yuborgandim. O‘sha kuni Mirtemir Ro‘ziboyev ismli xodimim soat 11:00 dan 13:00 gacha yordam berib keldi.

    — To‘g‘ri, tuman hokimligidagi aholini ro‘yxatga olish ishlarida qatnashganman, — deydi Mirtemir Ro‘ziboyev. – Ammo o‘z xohishimga ko‘ra qatnashganman. Ro‘yxatga olish ishlarining birinchi bosqichida ham ishtirok etdim. Keyingi takroriy ravishda jalb qilingan holatda ham qatnashdim. Ammo ishga xalal bermagan holda, ko‘pincha ishdan so‘ng kechki payt 18:00 dan 23:00 gacha, ba’zan kechasi 12 gacha qolib ishlaganman.

    Mirtemir Ro‘ziboyev.

    Mirtemir Ro‘ziboyev.
    Foto: “Daryo”

    Maktabning tarix fani o‘qituvchisi Rohila O‘rinova nafaqat o‘zi, balki barcha maktab o‘qituvchilari hech qanday ortiqcha ishlarga jalb qilinmaganini bildirib, bu kabi yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgan o‘qituvchidan nafratlanayotganini bildirdi.

    — Ilgari 3 oylab paxtada yurardik, ammo hech kimga nolimasdik, — deydi Rohila O‘rinova. – O‘sha paytlari ham shukur qilib ishlardik. Ommaviy axborot vositalariga shikoyat qilishni bilmasdik. Endiyam birovga nolish fikridan yiroqmiz. Bu ishni kim qilgan bo‘lsa ham to‘qlikka sho‘xlik qilibdi.

    Rohila O‘rinova.

    Rohila O‘rinova.
    Foto: “Daryo”

    Maktab jamoasi “Daryo” muxbiri bilan suhbat davomida xorij OAVsiga murojaat qilgan o‘qituvchi maktab jamoasidan chiqmaganligini bildirmoqda. “Bizning jamoadan hech kim murojaat qilmagani tayin, buni kimdir g‘arazgo‘ylik maqsadida qilgan. Ammo kimligini bilolmayapmiz, bilsak noshukur banda ekanligini aytardik, — deydi maktab o‘qituvchilari. — O‘sha murojaatchi, o‘qituvchilar haqiqatdan ham ortiqcha ishlarga majburlangan kezlari nega sukut saqlagandi, o‘sha payt murojaat qilib, jar solsa bo‘lmasmidi?”

    Maktab direktori Xoliyor Shodmonov ham tuman hokimligidagi ishga o‘z xohishi bilan borgan maktab o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb qilishmoqda deya yolg‘on ma’lumot tarqatgan o‘qituvchi vaziyatni noto‘g‘ri talqin qilganligini ta’kidlamoqda.

    — Tuman hokimligida kompyuterda yozuv yozish majburiy mehnat hisoblanmaydi-ku, — deydi maktab pedagoglaridan yana biri Erkin Berdiyev. – Kimningdir eshigi tagini tozalab, jo‘yasini olish bu majburiy mehnat hisoblanadi. Nega o‘sha ishlarni qilgan paytimiz o‘sha murojaatchi jim turgandi?

    Erkin Berdiyev.

    Erkin Berdiyev.
    Foto: “Daryo”

    Maktab direktori tomonidan tuman hokimligiga ishga yuborilgan o‘qituvchilardan Mohira Aliqulova, Gavhar Alyorova hamda maktab psixologi Shodiyona Turdiyevalar tuman hokimligining kichik zalidagi aholini ro‘yxatga olish ishlariga ularni hech kim majbur qilmaganligini, barchasi o‘z xohishiga ko‘ra yordamga oshiqqanligini bildirdi.

    — 14-mart kuni ertalab darsim yo‘q payti yordam bersam beribmanda deya o‘z xohishim bilan tuman hokimligiga bordim, — deydi Mohira Aliqulova. — Nurbek degan yigit bor ekan, “opa siz aytib tursangiz bo‘ladi” deyishdi. Matndagi ma’lumotlarni kompyuterga tushirayotgan kishilarga ma’lumotlarni o‘qib turdim, xolos. 2 soat yordam berib izimga qaytdim.

    Mohira Aliqulova.

    Mohira Aliqulova.
    Foto: “Daryo”

    — 7-mart kuni ishdan ozod qilinib, tushgacha bo‘lgan vaqt mobaynida tuman hokimligining kichik zalidagi kompyuterda aholini ro‘yxatga olish ishlarida qatnashdim, — deydi maktab psixologi Shodiyona Turdiyeva. – Kompyuterda yozishni bilganim uchun yozuv yozishda qiynalmadim. Keyin ishimni tugatib, uyga qaytdim.

    Shodiyona Turdiyeva.

    Shodiyona Turdiyeva.
    Foto: “Daryo”

    Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Gavhar Alyorova esa 15-mart kuni darsi bo‘lsa-da, o‘z xohishi bilan tuman hokimligiga ketganligini, darsini hamkasblaridan biri o‘tganligini bildirdi.

    Informatika fani o‘qituvchi Ochil Berdiyevning aytishicha, maktabda tuman hokimligiga borishi lozim bo‘lgan o‘qituvchilar ro‘yxati tuzilgan bo‘lib, ro‘yxat bo‘yicha o‘zi 22-mart kuni tuman hokimligiga borishi belgilanganligini, ammo 18-mart kuni darsini o‘tayotgan payti maktab direktori Xoliyor Shodmonov kelib tuman hokimligiga borishi lozimligini aytgan.

    — To‘g‘risi, tuman hokimligiga nima maqsadda yuborishayotganini ham bilmasdim, — deydi Ochil Berdiyev. – Navbatchilikka deyishdi adashmasam. Bordim. Qanaqadir xonani ko‘rsatishdi. “Kompyuterda yoza olasizmi”, deb so‘rashganda, eplashimni aytdim. Shunda qanaqadir ro‘yxat berishdi. Keyin kompyuterni uncha tushunmaganim uchun ishni boshlashim sekinlashgani sababmi “Tog‘a siz ketavering”, deyishdi. Qaytish uchun ko‘chaga chiqqanimda esa direktor telefon qilib, qaytib darsimni o‘tishim lozimligini, o‘rnimga odam yuborishini aytdi. Maktabga qaytib yana 2 soat darsimni o‘tdim. O‘sha kuni 6 soat darsim bor edi. Tuman hokimligiga borib kelish uchun ketgan vaqtimda 2 soat darsim qolib ketdi.

    Direktor Xoliyor Shodmonov o‘qituvchi Ochil Berdiyev aytgan ro‘yxat haqiqatdan ham mavjud bo‘lganligini tasdiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, ro‘yxatda maktabdagi 50 nafar o‘qituvchining kompyuterni biladigan va o‘z xohishiga ko‘ra tuman hokimligiga yordamga borishga rozi bo‘lgan 20 nafar xodimning qaysi kuni tuman hokimligiga borishi ko‘rsatilgan bo‘lgan. Maktab direktoriga “o‘sha ro‘yxatni ko‘rsata olasizmi” deya savol berganimizda muammolar yuzaga chiqqach, yo‘q qilib tashlashganini bildirdi. Direktorning aytishicha, 22-mart kuni borishi reja qilingan xodim ro‘yxatdagi 2 nafar xodim betob bo‘lib qolganligi sababli ham 18-mart kuni hokimlikka borishiga to‘g‘ri kelgan.

    Qarshi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Meyli Boqiyev maktab o‘qituvchilarining tuman hokimligidagi aholini ro‘yxatga olish ishlariga jalb qilinganligini batamom rad etdi. Meyli Boqiyev o‘zi rahbar bo‘lganidan buyon biror marta ham o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilinmaganligi bildirdi. “Ammo xorij OAVsi tomonidan tarqatilgan xabardan so‘ng, 38-maktabga borib o‘rganganimizda 20-mart kuni bir nafar o‘qituvchi tuman hokimligiga kelib ishlaganligini bildirdi, — deydi bo‘lim mudiri. – Boshqa hech kim bunday ishlarga jalb qilinmagan. Garda shunday holat kuzatilgan bo‘lsa, bundan keyin bu kabi ishlarga butkul barham beramiz”.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan tuman hokimi o‘rinbosari Xolmirza Boltayev ham tarqalgan xabarlarni rad etgan holda, o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilinmaganligini aytdi.

    Xolmirza Boltayev.

    Xolmirza Boltayev.
    Foto: “Daryo”

    — O‘qituvchilarning saylovchi aholini ro‘yxatga olish ishlariga jalb qilinganligini hozir sizdan eshitib turibman, — deydi tuman hokimi o‘rinbosari Xolmirza Boltayev. – Saylovchi aholini ro‘yxatga olish ishlarini mahalla raislari, ularning kotiblari va profilaktika inspektorlari bajaradi. Shunday ekan, hech qachon o‘qituvchilar bu yerga kelmagan va hech qanday ish bajarishmagan.

    Hokim o‘rinbosariga 38-umumta’lim maktabidan 6 nafar o‘qituvchi haqiqatdan ham tuman hokimligiga majburan emas, o‘z xohishi bilan kelib, aholini ro‘yxatga olish ishlarida ishtirok etganini tasdiqlashganini aytsak-da, Xolmirza Boltayev aytilayotgan gaplar g‘irt uydirma ekanligini takrorlardi.

    Tuman hokimligi mutasaddisidan aholini ro‘yxatga olish ishlari nima sababdan takroriy tarzda amalga oshirilayotgani haqida so‘raganimizda, holatni “Respublika bo‘yicha internet ishlamay qolganligi va bazada ish hajmi ortib ketganligi sababli ham ishlar to‘xtab qolgandi va keyinchalik yana davom ettirildi”, — deya izohladi.

    Tuman hokimi o‘rinbosarining ma’lumot berishicha tumanda saylovchilarni ro‘yxatga oluvchi 2 ta “shtab” tashkil etilgan bo‘lib, biri hokimlikda bo‘lsa, biri 4-umumta’lim maktabida joylashgan. Yakunlangan ro‘yxatga olish ishlari natijasiga ko‘ra, tumanda 242 ming nafar aholi istiqomat qilishi va ovoz berish huquqiga ega fuqarolar soni esa 135 mingga yaqin ekanligi aniqlangan.

    Hokimiyat mutasaddisi bilan suhbatimiz yakunida, o‘qituvchilar bot-bot tilga olgan o‘sha kichik zalni ko‘rish niyatimiz borligini aytganimizda, zalga olib borishdi.

    Foto: “Daryo”

    Kuzatuvlarimizga ko‘ra, kichik majlislar o‘tkazilishi mo‘ljal qilingan zalda nafaqat stol-stul, 20 ta kompyuter ham bor ekan. Hokim o‘rinbosarining aytishicha, ushbu kompyuterlar orqali aholini ro‘yxatga olish ishlari bajarilgan. Ammo o‘qituvchilarsiz, deyishdi. Biz ham ishondik, albatta.

    28.03.2019, 12:20   Izoh (0)   27364
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda yaponiyalik sayyohning pasporti bir kunda topib berildi

    28.03.2019, 11:05

    Xalq ta’limi vazirligi: Voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan ota-onalarni chet elga chiqishlarini cheklash haqidagi murojaat atayin uyushtirilmagan

    28.03.2019, 09:55

    “O‘zbekenergo” 3 ta aksiyadorlik jamiyatiga bo‘linadigan bo‘ldi

    28.03.2019, 08:21

    Toshkentda “Uzbekistan fashion week – 2019” xalqaro moda haftaligi boshlandi

    27.03.2019, 23:35

    Toshkentda o‘tkazilgan sayyor qabulda Bosh prokuror 125 nafar fuqaroning murojaati bilan tanishdi

    27.03.2019, 23:01

    Buxoroda 1-aprel kuni “Nasriddin Afandi” festivali o‘tkaziladi

    27.03.2019, 22:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiya Germaniyani mag‘lub etib Millatlar Ligasi bronza medalini qo‘lga kiritdi

    Sport | 8 iyun, 22:38

    Fransiyada elektroskuter sabab yuzaga kelgan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 8 iyun, 22:10

    Toshkent markazida “Salom, Mundial” supershousi bo‘lib o‘tadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:52

    Shimoliy Koreyada may oyida muvaffaqiyatsizlikka uchragan kema qayta suvga tushirildi

    Dunyo | 8 iyun, 21:45

    O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:20

    Rossiya va Ukraina askarlarning jasadi almashinuvi borasida ziddiyatga bormoqda

    Dunyo | 8 iyun, 21:10

    O‘zbekistonda fan uchun yangi o‘simlik turi kashf etildi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.