Belgiya terma jamoasi hamda “Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukaku o‘zini mamlakat tarixidagi eng yaxshi hujumchi deb atadi.
“Odamlar ba’zida mendan Belgiyaning barcha davrlarning eng yaxshi 3 nafar hujumchisidan birimisiz, deb so‘rashadi. Ha, ha va yana ha. Men hatto mamlakat tarixidagi eng yaxshi hujumchi ekanimni ham aytishim mumkin. Sizlarga aytsam, men qolganlardan bir kilometr oldindaman”, — deya Lukakuning so‘zlarini keltiradi Otro.Lukaku gollar soni bo‘yicha Belgiya terma jamoasida rekordchi hisoblanadi. 25 yoshli hujumchi terma jamoa safida 79 ta uchrashuvda maydonga tushib, 45 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Lukaku 17 yoshida mamlakat terma jamoasi safida Xorvatiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut o‘yinini o‘tkazgan. 18 yoshida esa Rossiya terma jamoasiga qarshi nazorat o‘yinida esa terma jamoadagi ilk golini urishga muvaffaq bo‘lgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)