Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston—Xitoy uchrashuvidan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida Ektor Kuper ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA
Bugungi o‘yinda gol kiritish uchun ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldik. Ammo faqat ularning bittasidangina unumli foydalandik. Biz bu yo‘nalishda ko‘proq ishlashimiz kerak. O‘ylaymanki, bu musobaqadan o‘rin olgan o‘yinlar biz uchun yaxshi tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Endilikda xato va kamchiliklarni tahlil qilib chiqamiz. Avval ham aytganimdek, bor e’tiborimiz Jahon Chempionati saralashiga qaratilgan.

Otabek Shukurovning jarohati jiddiy. Terma jamoamiz shifokorlarining xabar qilishicha, Shukurov kamida ikki oyga safdan chiqdi.

O‘zbekistonning Xitoyga qarshi avvalgi o‘yinlari bilan bugungi o‘yinni solishtira olmayman. Men avvalgi o‘yinlarda terma jamoa bosh murabbiyi emasdim. Ammo Xitoy terma jamoasi tarkibida yangi futbolchilar borligini bilaman. Kannavaro ular bilan yaxshi jamoa shakllantira olishiga ishonaman. Xitoy ham biz kabi bor e’tiborini Jahon Chempionati saralashiga qaratgan. Menimcha, Qatar—2022 musobaqasiga chiqish uchun Osiyodagi barcha terma jamoalar qattiq kurash olib borishadi. Biz yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Ektor Kuper, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Fevralda O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarildi?
Mahalliy
“Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” bosh hisobchi o‘rinbosari 15 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Sport
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston terma jamoasi Shomurodovning goli evaziga Boliviyani mag‘lub etdi