2019-yil 18-mart kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Toshkent shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Tadbir davomida Shayxontohur tumani, Bobur ko‘chasida yashovchi B.A. uyi hojatxonasida saqlayotgan 6 dona selofan paketlarga o‘ralgan jami 953,40 gramm marixuana giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)