Epsilon Development Company (AQSh) Avstriyaning Oberhofer Projektmanagement kompaniyasi bilan sheriklikda “Angren” erkin iqtisodiy zonasida yangi zavod qurishga 100 million yevro investiya kiritmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
Kompaniyalar ushbu loyihani amalga oshirish uchun “Po‘lat innovatsion tizimlar” xorijiy korxonasini tuzdi.
Yangi zavod metallni osinkovka qilish va turli metall konstruksiyalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Uning loyiha quvvati yiliga 50 ming tonna po‘lat bo‘lib, 200—250 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Izoh (0)