Xorazm viloyatining Yangiariq tumanidagi banklardan birida o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida qing‘irliklar aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati tayanib, “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Bankning bir guruh mansabdor shaxslari ushbu bank mijozi hisoblangan 15 nafar fuqaroning bank plastik kartochkalaridan 2 yil davomida jami uch million so‘mdan ortiq pullarini ularning login va parollaridan foydalangan holda talon-taroj qilish yo‘li bilan o‘g‘irlab kelganliklari ma’lum bo‘ldi.
Mijozlar ishonchini oqlay olmagan yuqoridagi bank xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov manfaatlaridan kelib chiqqan holda bank nomi va gumondorlar ismi oshkor qilinmadi.
Izoh (0)