Nikaragua poytaxtida hukumatga qarshi namoyishlarda 107 kishi qo‘lga olindi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ta’kidlanishicha, Managua shahrida namoyishchilar prezident Daniel Ortega siyosatiga qarshi chiqdi va barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishni talab qildi.
Dastlab, namoyish ishtirokchilari mamlakatdagi ijtimoiy ta’minot islohotidan norozi edi, bu esa ijtimoiy sug‘urta badali ortishi va xodimlar nafaqasini qisqartirishni nazarda tutadi, biroq keyinroq namoyishchilar Nikaragua Prezidentiga qarshi chiqdi.
Izoh (0)