14-mart, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/8 finalining dastlabki 3 ta javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi Londonning “Chelsi” klubi safarda Kiyevning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvning 5, 33 va 59-daqiqalarida Olivye Jiru het-trikka erishdi. 45-daqiqada esa Markos Alonso Kallum Xadson-Odoi uzatmasini golga aylantirdi (4:0). 78-daqiqada 3-golga assistentlik qilgan Kallum Hadson-Odoi ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (5:0).
Shu tariqa London klubi safarda kechgan bahsda “Dinamo Kiyev”ni yirik hisobda mag‘lub etdi (5:0) va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisob 8:0 ko‘rinishiga keldi.
Italiya chempionatida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Napoli” klubi Avstriyaning “Zalsburg” jamoasi maydoniga safar qildi.
O‘yinning 14-daqiqasida neapolliklar yetakchisi Arkadiush Milik hisobni ochgan bo‘lsa, 25-daqiqaga kelib avstriyaliklar hujumchisi Munas Dabbur hisobni tenglashtirdi (1:1). 65-daqiqada esa Fredrik Gulbrandsen mezbon jamoani hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Kristof Lyaytgeb jamoasining 3-goliga mualliflik qildi (3:1).
Shu tariqa Italiya klubi mehmonda “Zalsburg”ga yutqazdi (1:3), biroq umumiy hisobda “Napoli”ning qo‘li baland keldi va musobaqaning 1/4 finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (4:3).
Yevropa Ligasi
1/8-final bahslari
14-mart, payshanba
“Dinamo Kiyev”—“Chelsi” 0:5 (0:3)
Gollar: 0:1 — 5 Jiru, 0:2 — 33 Jiru, 0:3 — 45 Alonso, 0:4 — 59 Jiru, 0:5 — 78 Xadson-Odoi“Zalsburg”—“Napoli” 3:1 (0:3)
Gollar: 0:1— 14 Milik, 1:1— 25 Dabbur, 2:1 — 65 Gulbrandsen, 3:1 — 90 Lyaytgeb“Krasnodar”—“Valensiya” 1:1 (1:2)
Gol: 1:0 — 85 Sulaymonov, 1:1 — 90 GuedesYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)