Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQSh qonunchilarining Boris Nemsovning o‘limi bilan bog‘liq yangi tashabbuslarini sharhlab, Vashingtonda nafaqat uni balki otlarini ham yomon ko‘rishini ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Avvalroq, AQSh qonunchilari Boris Nemsovni o‘ldirish bo‘yicha sanksiyalar talab qilingan qarorlarni Senat va Vakillar palatasiga kiritgandi. Siyosatchilar “buyurtmachi va tashkilotchilarni adolatga chaqirishga” talab qilgan.
“AQSh Kongressi Rossiyaga qarshi yana bir qadam tashladi. Vakillar palatasi sanksiyalarga oid qonunlarini qabul qildi, ular Rossiya Federatsiyasining yuqori martabali rahbarlariga qarshi qaratilgan”,— deb yozadi u o‘z Telegram kanalida.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, u Nemsovni o‘ldirishda 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Zaur Dadayevni “Rossiya vatanparvari” deb atagani uchun ayblanmoqda. Checheniston rahbari, “AQSh Kongressining qarashlari va qarorlariga umuman e’tibor bermaydi”, deb hisoblaydi. U Boris Nemsovni o‘ldirishda Dadayevning aybiga hali ham ishonmasligini ta’kidladi.
Izoh (0)