12-mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javob o‘yinida “Shalke-04” safarda “Manchester Siti”ga 0:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi (dastlabki uchrashuv — 2:3).
Bu Germaniya klublari uchun mazkur musobaqadagi eng yirik mag‘lubiyat bo‘ldi, deb xabar berdi Opta.
Ma’lumot uchun, “Barselona” klubi 2011/12-yilgi mavsumda Leverkuzenning “Bayer” jamoasini 7:1 hisobida mag‘lub etgandi. O‘sha o‘yinda Lionel Messi 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)