Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida 12-mart kuni Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Davlat rahbari barcha hududlar kabi Navoiy viloyatiga ham bir necha bor tashrif buyurib, iqtisodiyot tarmoqlarini kengaytirish, aholi farovonligini oshirishga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda. 2017 va 2018-yillardagi tashriflar chog‘ida belgilangan chora-tadbirlar natijasida viloyatda ko‘p ishlar amalga oshirildi.
Bu safar Nurota va Karmana tumanlari, Navoiy shahridagi yangi korxonalar, ijtimoiy obyektlar, energetika, kimyo va baliqchilik majmualari bilan tanishish rejalashtirilgan.
Izoh (0)