O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov hamda bir qator san’atkorlar va mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda Namangan viloyatning musiqa va san’at maktablarida bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan O‘zbekiston Xalq artisti Yoqub Ahmedov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Fathulla Ma’sudov, Farhod Abdullayev, Samandar Hamroqulov hamda “Nihol” mukofoti sovrindori Malika Egamberdiyevalar Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Namangan shahar Bolalar musiqa va san’at maktablariga tashrif buyurdi.
Tashriflar doirasida iste’dod egalari bilan samimiy ijodiy uchrashuv va mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
Madaniyat vazirligi tomonidan Ozodbek Nazarbekov boshchiligida Namangan shahar Madaniyat markaziga o‘zbek xalq cholg‘u sozlari sovg‘a qilindi.
Shuningdek, bolalar musiqa va san’at maktabi hovlisiga bugungi yosh nihollar kuni kelib chinorlarga aylansin deya yaxshi niyat bilan yoshlar bilan birgalikda ko‘chatlar ekildi.
Izoh (0)