8-mart, juma kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 27-tur bahslari boshlandi.
Turning dastlabki o‘yinida musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Turinning “Yuventus” klubi “Udineze”ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda Turin klubining 19 yoshli hujumchisi Moyze Kin dublga erishgan bo‘lsa, Emre Jan va Blez Matyuidi esa hisoblariga bittadan gol yozdirib qo‘yishning uddasidan chiqdi. “Udineze” bu gollarga bitta goli bilan javob qaytardi, xolos.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Yuventus”ning ochkolari soni 75 taga yetdi. Qayd etish joiz, ikkinchi o‘rindagi “Napoli” hisobida 56 ochko mavjud. Ular o‘rtasidagi farq esa 19 ochkoni tashkil etmoqda.
A Seriya
27-tur bahslari
8-mart, juma
“Yuventus”—“Udineze” 4:1
Gollar: 1:0 – 11 Kin, 2:0 – 39 Kin, 3:0 – 67, penalti Jan, 4:0 – 71 Matyuidi, 4:1 – 84 Lazanya.“Yuventus”: Shesni, Bardzali (Bonuchchi, 25), Kaseres, Rugani, Aleks Sandro, Jan, Spinassola, Matyuidi (Dibala, 72), Bentankur, Bernardeski, Kin (Nikolussi-Kavilya, 80).
“Udineze”: Musso, Larsen, Zegelar, Uilmot (Lazanya, 46), ter Avest (Sandro, 62), Trost-Ekong, de Paul, Nyuytink (Opoku, 25), Pussetto, De Mayo, Fofana.
Ogohlantirishlar: Larsen (27), Pussetto (50), Opoku (53).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)