Xitoylik ayol maktabdagi yomon baholari sababli 12 yashar o‘g‘lidan voz kechdi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ayol o‘g‘li testdan 95 ball o‘rniga 81 ball to‘plaganligi uchun g‘azablandi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, u o‘g‘lini odamlar oldida bir necha bor urgan. Keyin esa mashinaga o‘tirib, bolasini tashlab ketib qolgan.
O‘tkinchilar o‘smirni topib politsiyani chaqirgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bolani uyiga qaytarishga harakat qilgan, ammo onasi unga o‘g‘li endi kerak emasligini aytgan.
Ayni paytda bolani amakisi olib ketgan.
Izoh (0)