So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat huquq-tartibot organlari faoliyatiga doir, ularda rahbarlarning almashgani, qolaversa, Gulnora Karimovaning zo‘rlik bilan o‘g‘irlanib ketgani va eng oxirgi xabar — uning o‘z kamerasida joniga qasd qilgani haqida yolg‘on xabarlar tarqalmoqda, deb yozadi “Xalq so‘zi”.
Bosh prokuraturaning matbuot xizmati bu xabarlarning hammasi yolg‘on, zamonaviy axborot tilida aytganda, “feyk” ekanini bildiradi. Bularning barchasi aniq bir maqsadni ko‘zlab amalga oshirilayotgan axborot xurujlaridir. Yurtimiz aholisi va ayniqsa, ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlardan mazkur xabarlarga ishonmaslikni hamda biron ma’lumot tarqatishdan oldin uning nechog‘li haqiqatga mosligini tekshirib ko‘rishlari va aniq dalillarga asoslangan holda axborot uzatishlarini so‘raymiz.
Gulnora Karimovaning o‘z joniga qasd qilgani masalasiga kelsak, mahkuma ayni paytda tinch va xotirjam o‘zining o‘talmay qolgan jazo muddatini belgilangan umumiy koloniyada belgilangan tartibda o‘tamoqda. Uning hayotiga hech qanday xavf yo‘q, ayni paytda G. Karimova sog‘-salomat.
Surayyo Rahmonova, Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari
Izoh (0)