• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bosh prokuratura: Gulnora Karimova endi jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2017-yil 18-dekabrdagi hukmi bilan 1972-yilda tug‘ilgan Karimova Gulnora Islamovnaga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: Trend

    Foto: Trend

    Insonparvarlik nuqtai nazaridan hamda mahkuma jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pul mablag‘larini qaytarish va davlatga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatlarini o‘z zimmasiga olganligini e’tiborga olgan holda, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2018-yil 1-iyuldagi ajrimi bilan G.Karimovaga tayinlangan jazo 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan. Ozodlikni cheklash jazosini o‘tash joyi etib mahkuma G.Karimovaning o‘z tanloviga ko‘ra, qizi Imon Karimovaning yashash joyi belgilangan.

    Shu bilan birga, mahkuma G.Karimova zimmasiga qonunchilikda nazarda tutilgan qator cheklovlar, shu jumladan, yashash joyidan chiqib ketmaslik, aloqa vositalaridan va Internetdan foydalanmaslik hamda zararni qoplash majburiyati yuklatilgan.

    Mahkuma G.Karimovaga ozodlikni cheklash jazosini o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan, shuningdek, sud tomonidan yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud jazoning o‘talmay qolgan muddatini boshqa jazo bilan almashtirishi mumkinligi tushuntirilgan.

    Lekin mahkuma G.Karimova jazoni o‘tash davrida sud tomonidan o‘rnatilgan cheklovlarni muntazam ravishda buzib, o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan.

    Xususan, mahkuma G.Karimova 2018 -yil 22-noyabr kuni yashash joyidan o‘zboshimchalik bilan chiqib ketgan hamda jazoni o‘tash tartibi va shartlarini buzmaslik haqida ogohlantirilgan.

    Ogohlantirishga qaramasdan, G.Karimova o‘ziga tegishli xulosa qilmasdan, jazoni o‘tash tartibi va shartlarini qasddan buzishda davom etgan, xususan:

    muntazam ravishda aloqa vositalaridan, shu jumladan, internetdan foydalangan;

    jinoyat ishi bo‘yicha aniqlangan o‘zi tomonidan yetkazilgan zararning qoplanishiga faol to‘sqinlik qilgan.

    G.Karimova jazoni o‘tash tartibi va shartlarini qasddan buzganligi sababli jinoyat-ijroiya qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmatining taqdimnomasiga asosan, 2019 -yil 5-martda jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilib, umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.

    Skrinshot: Foto: Instagram / @iman.k17

    Skrinshot: Foto: Instagram / @iman.k17

    Eslatib o‘tamiz, oldinroq Imon Karimova onasining o‘z xonadonidan o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgandi.

     

     

    06.03.2019, 07:50   Izoh (0)   256607
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganga Qirg‘iziston elchisi boshchiligidagi delegatsiya keldi

    05.03.2019, 23:01

    Piskentda o‘rnatilgan tungi yoritish chiroqlari limit berilmagani uchun yoqilmayapti

    05.03.2019, 22:50

    O‘zbekistonda bolalar uchun yana bir telekanal paydo bo‘lishi mumkin

    05.03.2019, 22:37

    Imon Karimova onasining o‘z xonadonidan o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qildi. Bosh prokuratura izoh berdi

    05.03.2019, 22:26

    O‘zbekistonda Oshxona ensiklopediyasi va gastronomik xarita tayyorlanmoqda

    05.03.2019, 22:04

    Anvarjon Otaxo‘jayev Chortoq tumani hokimi etib tayinlandi

    05.03.2019, 21:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.