“Bordo” klubi yarim himoyachisi Semyuel Kalu Nigeriyada istiqomat qiladigan onasi o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar berdi.
The Nigerian Guardian’ning yozishicha, futbolchining onasi yosh bolalari bilan avtomashinada uyiga ketayotgan vaqtda qurollangan noma’lum kimsalar tomonidan to‘xtatilgan. Ular bolalarni mashinadan tushirib yuboradi, ayolni esa o‘zlari bilan noma’lum joyga olib ketadi.
O‘tgan hafta davomida futbolchining oila a’zolari o‘g‘rilar bilan muzokaralar olib bordi.
“Iltimos, onamni ozod qilishda yordam bering. Men yaqinlashib kelayotgan Afrika Millatlar Ligasi musobaqasida Nigeriya terma jamoasining g‘alaba qozonishda bor imkoniyatimni ishga solaman.Onam 27-fevral kuni uyga qaytayotgan vaqtida o‘g‘irlab keltildi.
O‘g‘rilar bilan birinchi marta aloqaga chiqqanimizda 3 million Nigeriya nayri miqdorida (taxminan, 8 ming dollar) tovon puli talab qildi. Mazkur mablag‘ni bersak, ular onamni qo‘yib yuborishlarini aytdi.
Biz tuni bilan kutdik, lekin uni ko‘rmadik. Ertasi kuni tongda ular yana qo‘ng‘iroq qilib, kattaroq miqdorda pul talab qildi. Endi ular 15 million (taxminan, 41 ming dollar) so‘ramoqda”, — deydi Kalu.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)