Volvo’ga qarashli Polestar kompaniyasi o‘zining butunlay elektrlashtirilgan Polestar 2 avtomobilini namoyish etdi, deb xabar berdi “Vc.ru”.
Polestar 2 avtomobil tagida joylashgan 78 kVt/soat akkumulyator tufayli quvvatlantiruvchi moslamasiz 443 kilometr yurishi mumkin.
Taqqoslash uchun, Tesla uchta “arzon” Modelni taklif qilgan. Birinchisi 418 kilometr bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan akkumulyatorli 34 ming dollarlik model, ikkinchisi o‘rtacha 500 kilometr masofa bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan 41 ming dollarlik model va uchinchisi imtiyozlarni hisobga olgan holda 52 ming dollarlik kuchliroq model.
Elektr quvvati sekundiga 408 litr bo‘lgan Polestar 2 besh soniyadan kamroq vaqt ichida tezlikni soatiga 100 kilometrga oshirishi mumkin.
Volvo avtomobillarni Xitoyda ishlab chiqaradi va u 2020-yilda sotuvga chiqadi. Birinchi yilda Polestar 2 Launch versiyasi 63 ming dollarda sotiladi.
Avtomobil Google’ning Android platformasi bilan jihozlangan bo‘lib, uning egalari smartfonsiz Google Maps, Play Music yoki Google Assistant’ga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)