2020-yilda Janubiy Koreyaning poytaxti Seul shahrida Ilm-fan va robotexnika muzeyining (Robot Science Museum, RSM) o‘ziga xos binosi paydo bo‘ladi, deb xabar beradi Spot.
Obyektni qurish huquqi Turkiyaning Melike Altinisik Architects (MAA) arxitektura kompaniyasi tomonidan qo‘lga kiritildi. Boshqaruv vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yangi muzeyning asosiy xususiyatlaridan biri barpo etish va ishga tushirishning barcha bosqichlari — ishlab chiqarish dizayni yaratilishidan qurilish va xizmat ko‘rsatishgacha robotlar, shuningdek, 3D printer, dronlar kabi boshqa yuqori texnologiyali vositalardan foydalaniladi.
Muzey poytaxt hukumati tomonidan robotlarga bo‘lgan qiziqishni ommalashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Muzey maydoni 2,5 ming kvadrat metrni, uning umumiy maydoni esa 6,5 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Muzeyda nafaqat robotlar ko‘rgazmasi, balki sun’iy intellektlar, virtual va qo‘shimcha reallik, gologramma texnologiyalari bo‘yicha turli treninglar va ko‘rgazmalar o‘tkaziladi. Lekin birinchi va ehtimol, eng muhim eksponat muzeyning o‘zi bo‘ladi.
Loyiha mualliflari qayd etishlaricha, robotlar va mehmonlar koinotini yaratish istagi sferik va “suyuq” shakllardan foydalanishda ifodalanadi. Arxitektorlar g‘oyasiga ko‘ra, binoning barpo etilishida bo‘laklangan va to‘rtburchak shakllardan foydalanilmaydi.
Taklif etilgan loyihaga ko‘ra, muzey atrofdagi infrastruktura bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Belgilangan uchastkalarning mavjud emasligi, shuningdek, piyoda va avtotransportni tashkillashtirish orqali shahar tashqarisi va muzey ichidagi uzluksizlik hissi paydo etiladi.
Ilm-fan va robototexnika muzeyidagi birinchi ko‘rgazma 2020-yilga, muassasaning to‘liq ochilishi esa 2022-yilga mo‘ljallangan.
Izoh (0)