Norvegiyada Shell va Makani kompaniyalari uchuvchi shamol generatori orqali ishlaydigan dunyoda birinchi elektrostansiyani yaratadi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Buning uchun vintlar yirik samolyotga o‘rnatiladi va u osmonda uchgan holda o‘tkazuvchi sim orqali yerga elektr uzatib beradi.
Loyiha muallifining fikricha, uchib yuruvchi shamol generatori samaradorligi yerdagi shamol generatoriga nisbatan yuqori bo‘ladi. Oddiy shamol elektrostansiyasi ishi shamol tezligiga bog‘liq va vaqti-vaqti bilan to‘xtab qoladi.
Makani loyihasida esa samolyotni shamol tezligi yuqori bo‘lgan balandlikda joylashtirib bu muammoni hal etish rejalashtirilgan.
Uchar generator 2014-yildan boshlab ishlab chiqilgan bo‘lib, birinchi sinov 2017-yilning iyun oyida o‘tkazilgan. Unda elektrostansiya quvvati 600 kilovattni tashkil etgan.
Yangi elektrostansiyaning dastlabki sinovi 2019-yil yakunida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)