“Liverpul” Angliya chempionatining 28-turida “Uotford”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (5:0).
Bu mersisaydliklarning joriy mavsumdagi eng yirik hisobdagi g‘alabasi bo‘ldi. Bungacha bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Klopp shogirdlari 5 ta to‘p farqi bilan yutmagandi.
Angliya premyer ligasining birinchi turida “Liverpul” “Vest Hem”ni 4:0 hisobida, “Arsenal”ni esa yirik 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Eslatib o‘tamiz, 28-turdan so‘ng “qizillar” 69 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)