“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan 2019-yilning 21—24-mart kunlari mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga chegirmalar taqdim etadi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bayram chegirmalari quyidagi toifalar bo‘yicha taqdim etilmoqda:
- Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941—1945-yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan —50 foiz;- Oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta’lim muassasalari talabalari — 15 foiz;- Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi - eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgachabo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona — nikoh guvohnomasi vaqarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) — 15 foiz;- Kollektiv (hamkasabalarga) (4 kishidan ortiq – yo‘riqnoma asosida) — 15 foiz;- “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga — 10 foiz.
Izoh (0)