22—24-fevral kunlari Vengriyada yunon-rum kurashi bo‘yicha Gran-Pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur reyting musobaqasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarning uch nafari sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
-55 kg vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qilgan Ilhom Bahromov oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, mazkur vazndagi boshqa sportchi Javohir Mirahmedov bronza medaliga ega chiqdi. -60 kg vaznli sportchi Feruz To‘xtayev finalgacha yetib bordi va kumush medali sohibiga aylandi.
Ushbu ishtirok orqali yunon-rum o‘zbek kurashchilari Tokio Olimpiadasi litsenziyasi uchun qimmatli bo‘lgan reyting ochkolarini ishlab oldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)