KXDR rahbari Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Tramp Xanoydagi rasmiy muzokaralarni boshlashdan oldin birga tushlik qiladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Bu tushlik 27-fevral, chorshanba kuni tashkil qilinadi.
Xabarda aytilishicha, Tramp ham, Kim Chen In ham Vyetnamga 26-fevral kuni yetib keladi. Lekin o‘sha kunning o‘zida uchrashmaydi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh-KXDR ikkinchi sammiti 27—28-fevral kunlari Vyetnamning Xanoy shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)