“Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va nazoratsizlikning oldini olish va bolalarni ta’limga jalb qilishga qaratilgan elektron tizimni yaratish to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi, deb yozadi Sputnik.
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik va nazoratsizlikning oldini olish, bolalarni ta’limga jalb qilish maqsadida elektron axborot tizimini joriy etish taklifi maqullansin”, - deyilgan hujjat loyihasida.
Axborot tizimining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
- voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olishga ko‘maklashishva monitoringini olib borish;
- huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lgan voyaga yetmaganlarning bazasini shakllantirish va ular orasida huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish uchun ma’naviy-ma’rifiy darslarni olib borish;
- maktab o‘quvchilarining ta’limga jalb qilinishida va darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni nazorat qilish;
- o‘quvchilarni ta’limga jalb qilish yuzasidan oila, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari, vasiylik va homiylik organlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar, ichki ishlar organlari hamkorligining samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish.
Axborot tizimi 2019-yil 1-sentabrga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan.
Izoh (0)