20-fevral kuni G‘arbiy Yamaguti prefekturasi qirg‘og‘ida radarlardan yo‘qolgan Yaponiya Mudofaa Vazirligining F-2 ko‘p maqsadli jangovar samolyotida bo‘lgan ikki nafar uchuvchi topilgan, deya xabar beradi “TASS”.
Ikkala uchuvchi ham hushida. Ayni paytda Yaponiya dengiziga qulagan deb gumon qilinayotgan samolyotni qidiruv ishlari davom etmoqda.
Yaponiya mudofaa vazirligining rahbari Takesi Iveya, parlamentning quyi palatasi budjeti komissiyasidagi munozaralarida uning samolyot qulashi sabablarini o‘rganib chiqayotganini aytdi.Ikkala uchuvchi ham qutqarilgan va hushi joyida.
Ayni damda samolyot qulashi oqibatida hech qanday zarar aniqlanmagan. Hodisaning sababi aniqlanmoqda.
Fukuoka prefekturasidagi Suiki bazasidan parvoz qilgan bombardimon samolyot biroz vaqt o‘tgach radar ekranlaridan yo‘qolgan.
F-2 samolyoti 1990-yillar oxirida Yaponiyaning Mitsubishi Heavy Industriyes kompaniyasi tomonidan Lockheed Martin bilan hamkorlikda F-16 asosida yaratilgan.
Izoh (0)