“Daryo” jahon matbuotida oxirgi kunlarda ko‘tarilgan asosiy mavzularga to‘xtalib o‘tadi.
Men abortlarga qarshiman, sizchi?
New Yorker nashri Nyu-Yorkda abortlar masalasini yoritar ekan, quyidagilarga to‘xtab o‘tdi: AQShning ko‘p shtatlarida abort jinoyat sanaladigan bir paytda 1970-yilda Nyu-Yorkda abort qilish qonuniylashtirilgan edi. Lekin qonunda ko‘plab istisnolar bor edi. Abortlar masalasi hozirda ham jinoyat kodeksi orqali tartibga solinadi. Nyu-Yorkda 24-haftalikdan so‘nggi abort jinoyat hisoblanadi. Onaning hayotiga xavf slogan taqdirdagina abort mumkin. Agar homila 24 haftalikdan so‘ng yashab ketishga qodir emas deb topilsa, abort uchun boshqa shtatga borishga tog‘ri keladi. Nyu-Yorkda abort taqiqlangan.
Respublikachilar partiyasi qonunga o‘zgartirish kiritishga qarshi. Demokratlar esa reproduktiv salomatlik, shu jumladan abort masalasida yangi qonun qabul qilinishiga erishish uchun harakat qilmoqda. Qonun loyihasini ishlab chiqib, Kongressda tasdiqlatishga urinmoqda. Ularning nazdida, homilaning taqdirini onagina hal qilishi lozim. Lekin abort masalasining raqiblari ko‘p, ular yangi qonun qabul qilinsa, zo‘rlik ishlatgan erkaklarni javobgarlikka tortish qiyinlashadi, deb hisoblaydi. Shtat katolik cherkovi ham abortlarga qarshi chiqmoqda.
Koinotni to‘g‘ri o‘lchaganmizmi?
Scientific American nashri “Koinotni to‘g‘ri o‘lchaganmizmi?” sarlavhali maqola chop etdi. Maqolada eng qadimgi dunyo va koinotdagi ovozlarni yangi fizika fanigina izohlab bera olishi ta’kidlanadi.
Dastlab butun koinot qo‘ng‘irog‘i jaranglagan edi. Bu darhol katta portlashdan so‘ng, butun koinot zarrachalar va nurlanishdan iborat aralashmalar bilan to‘lgan paytda yuz bergan.
Plazma bir tarkibli bo‘lsa ham, ayrim farqlar bo‘lgan. Turli nuqtalarda bosim va zichlik ozgina farq qilgan va shu tufayli materiya harakatlangan. Materiya harakatlanganda tovush to‘lqinlari yuzaga kelgan.
Hammayoqni jarangdor tovush qoplagan. Uning sadolarini biz 13,8 milliard yildan so‘ng ham ilg‘ab olyapmiz. Olimlar buni katta portlashdan keyin qolgan o‘rta chastotali qadimiy mikroto‘lqinli nurlanish sababli aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu tovushni quyosh tarkibini o‘rganishda qo‘llaniladigan fizika asoslarini qo‘llab, sinchiklab o‘rganishdi va tahlil qilishdi. Uni shunchalik yaxshi o‘rganishgan va modellashtirishganki, bu raqamlar koinotning kengayish tezligini hisoblab chiqishga xizmat qildi. Fanda bu ilmiy hodisaga Habbl doimiysi deb nom berildi.
Ammo muammo yuzaga keldi. Quyosh va yulduzlardan kelayotgan to‘lqinlar bilan qadimgi manba to‘lqinlari bir-biriga mos kelmayapti. Qoidaga ko‘ra, ular mos kelishi kerak. Maqolada tovush va nurlar mosligi bilan bog‘liq muammolarga javob izlanadi va asosiy muammolarga sharh berish bilan birga yangi dunyoga yangi fizika kerakligi ta’kidlanadi.
Oltin inqiroz payti foyda keltiradimi?
Buyuk Britanida nashr qilinadigan The Economist nashri “Inqiroz boshlansa nima qilish kerak? Oltinning foydasi haqida” nomli maqola chop etdi. Maqolada navbatdagi inqiroz boshlangani, bu inqiroz xalqaro valyutalar va davlatlarga qay tariqa ta’sir qilishi hamda bu jarayonda oltinning xizmatlari borasida fikr yuritadi.
Xususan, keyingi paytlarda yangi moliyaviy inqiroz boshlanishi haqida gap-so‘zlar quloqqa chalinmoqda. Xo‘sh, inqiroz boshlansa nima qilish kerak? Naqd pulga ega bo‘lish yaxshi, lekin qanday valyutada zaxira saqlagan ma’qul? Dollarmi? Lekin Amerikada moliyaviy intizomning yo‘qligi va uning joriy hisob-kitoblarda defitsitligi barchani o‘ylanishga majbur qiladi. Boshqa valyutalarning ham o‘z kamchiligi bor. Lekin bir narsa borki, biz boshqalarga qarab sotib ola boshlaymiz. Gap oltin haqida ketyapti.
Oltin inflyatsiyadan yaxshi himoya degan fikr yuradi. Lekin 1 unsiya oltinning narxi ming dollargacha oshib ketsa, uni arzon deb bo‘lmaydi.
Yevrochi? Yevroning ham o‘z kamchiligi bor. U mustaqil emitentga ega emas.
Yuan esa oson almashtiriladigan valyuta hisoblanmaydi.
Yapon iyenasi yomon emas. Bir salbiy jihati shuki, yaponlar chet elda 3 trillion dollarga ega. Inqiroz boshlangan payti iyena o‘z yurtiga qayta boshlaydi va bu iyenaning qimmatlashuviga olib keladi.
Keyingi qatorda Shveysariya franki turadi. Frank ham barchani o‘ziga jalb qiladi. Buning aks tomoni shundaki, Shveysariya Yaponiya kabi o‘z valyutasining qiymatini ushlab turish uchun qo‘shimcha pul bosib keladi. Yaponiya, Shveysariya va Yevrozonada muddatli foizlar salbiy xarakterga ega. Bu valyutaning qimmatlashmasligi uchun ko‘p yillardan beri qo‘llanib kelinadi. Agarda iqtisodiy inqiroz boshlansa, bu katta zararli sabab bo‘ladi.
Aynan shunday bir vaziyatda oltin jozibadordir.
Dollar jahon valyutasidir, unga teng keladiga yo‘q. Ammo Donald Tramp prezidentlikka saylanganidan so‘ng uning siyosiy tavakkalchiligi tufayli Xalqaro valyuta jamg‘armasining dollar zaxirasi 65 foizdan 62 foizga kamaydi. Rossiya sanksiyalar tufayli o‘z zaxirasidagi dollar zaxirasini kamaytirib, tobora ko‘proq oltin sotib olmoqda.
Inqiroz boshlanadigan bo‘lsa, oltin zarar ko‘rmaslikning eng maqbul vositasi bo‘lib qolmoqda. Oltin savdosi hajmi esa oshib boryapti.
Moldovada mafiya demokratiyasi
Moldovada rasmiy saylov kampaniyasi ketmoqda, deb yozadi Die Zeit nashri. Lekin bu ko‘proq oligarxlar o‘yiniga o‘xshab ketmoqda.
24-fevral kuni bu mamlakatda yangi parlament saylanadi. Bu saylovlar esa Moldovaning yo Rossiya, yo Yevropa tomon yuz burishini belgilab beradi.
Prezident Igor Dodon a’zosi bo‘lgan sotsialistlar partiyasi rossiyaparast bo‘lib, so‘rovlarda yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinda muxolifatchi ASIM bormoqda. Uchinchi o‘rinda hokimiyat tepasidagi yevropaparast Demokratik partiya turibdi.
Moldovada saylovda g‘alaba qozongan biror-bir nomzod biror mansabni egallaydi degani emas. Masalan, muxolifatchi ASIM nomzodi Andrey Nestase o‘tgan yili Kishinyov merligi saylovida g‘olib bo‘lgan edi, lekin sud saylov natijalarini haqiqiy emas deb topdi. Nestasining so‘zlariga ko‘ra, hukmron partiya adliyani o‘z nazoratiga olgan. Bu jinoiy guruh bo‘lib, o‘zini “demokratik partiya” deb ataydi. Uning fikricha, bu guruh o‘zining raisi, oligarx Vladimir Plaxotnyuk manfaatlarinigina himoya qiladi.
Prezident Dodon ham oligarx bo‘lib, uning korxonalari, televideniyesi bor.
Uchinchi oligarx Ilon Shor bo‘lib, uy qamog‘ida bo‘lishiga qaramasdan, Orgeyev shahri meri bo‘lib qolmoqda.
Ular siyosiy sohada raqibday ko‘rinsa-da, parda ortida tillari va manfaatlari bir.
Davom etayotgan saylov kampaniyasi siyosiy o‘yin bo‘lib, bir-birining ustidan mag‘zava ag‘darish bo‘lib qolmoqda. Aslida esa ular jinoiy to‘da guruhlaridir.
Moldovaning to‘g‘riso‘z va vijdonli fuqarolari esa mamlakatni jinoiy to‘dalardan ozod etishga chaqirmoqda.
Izoh (0)