Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan press-anjumanda 2019-yilda Yunusobod tumanida qurilayotgan yerosti metrosining ikkita bekati, Yashnobod yerusti metro yo‘nalishida 12 ta bekat ishga tushishini ma’lum qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Shuningdek, Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Davron Hidoyatov joriy yilda poytaxtda ikkita yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirilishi rejalashtirilganini ma‘lum qilgan.
Bundan avval, poytaxtning Sergeli metro liniyasining qurilishi qanchaga tushishi haqida ma’lum qilingandi.
Izoh (0)