• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onada shifokor kaltaklandi. Jinoyatni yashirish uchun tuman hokimi va imom-xatib o‘rtaga tushdi

    24-yanvar kuni Buvayda tumanidagi Nayman qishloq vrachlik punktida o‘z vazifasini bajarayotgan umumiy amaliyot shifokori Mo‘ydinjon Jo‘rayevni “Jov” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi N.U. kaltakladi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar bermoqda.

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    — Ha, haqiqatan ham shunday voqea bo‘ldi, — deydi muxbir bilan suhbatda Mo‘ydinjon Jo‘rayev. — O‘sha kuni chaqaloqlar emlanayotgan edi. “Jov” mahallasida yashovchi ayol uch oylik chaqalog‘ini emlatishga olib keldi. Ammo unda chesotka, ya’ni qichima kasalligi borligini aniqladim. Bola qachon sog‘-salomat bo‘lsa, emlash uning sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasa, keyin emlanadi. Men u ayolga “Farzandingizni dermatolog ko‘rigiga olib boring. Bu yuqumli kasallik. Qancha tez tuzatsangiz shuncha yaxshi”, dedim. Har bir bemorni ko‘rikdan o‘tkazganimizdan so‘ng albatta qo‘l yuvishimiz kerak. Men ham keyingi bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun qo‘limni yuvgani tashqariga chiqdim. Kelsam ayol haliyam ketmabdi. Men unga “Tezroq bolangizni markaziy poliklinika, dermatologga olib boring” dedim.

    Bir soatlardan keyin xonaga bir yoshi kattaroq kishi va yigit kirib keldi. “Sizmi kelinoyimni haqorat qilgan”, deb menga o‘dag‘aylay boshladi. Avvaliga hech narsani tushunmadim, keyin u yigitning gap-so‘zlaridan o‘sha chesotka toshgan bolaning amakisi ekanligini angladim. U yigit menga do‘q-po‘pisa qilib, musht tushirishga shaylanayotgan paytda QVPning katta feldsheri Ro‘zali Vahobov kelib qoldi. U kishi yigitning qo‘lidan mahkam ushlab, “Ey, bola, nima qilyapsan, tinchlikmi?”deb turgan joyida yigit peshonamga boshi bilan bir soldi. Peshonamdan tirqirab qon chiqib ketdi. QVPning o‘zida hamshiralar menga birinchi yordamni ko‘rsatdi va meni hamkasbim Ahmadjon Umarovning o‘g‘li mashinasida tuman tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo‘limiga olib kelishdi. Peshonam yirtilgan ekan, u yerda tikishdi.

    33 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan, shu yillar davomida minglab bemorlarni davolagan shifokor o‘z haq-huquqlarini talab qilib Buvayda tumani Xalq qabulxonasiga keldi. Uning arz-dodini eshitish, javobgarga munosib jazo berish o‘rniga tuman hokimi, tuman bosh imom-xatibi kaltak yegan do‘xtirni kechirishga da’vat qildi. Ularning bu ishi tumanda jinoyatchilik yana bittaga ortmasligi uchun qilingan harakat ekan.

    — Menga tuman hokimi va imom-xatibi “U yigitni kechiring, da’vo-dostonim yo‘q deb yozib bering. Tumanimizda jinoyatchilik soni oshib ketmasin”, deyishdi. Shundan keyin da’vo arizamni qaytarib oldim, — dedi Mo‘ydinjon Jo‘rayev.

    Ammo bu haqda keng jamoatchilikka bildirish kerakligini, shifokorlarning haq-huquqlarini tiklash uchun qandaydir amaliy ishlar qilinishi zarurligini aytib o‘tdi.

    “Mushtumzo‘r”ni qidirib uning ustaxonasiga bordik. Mashina tuzatadigan usta ekan. Ammo o‘zi bilan yuzma-yuz uchrasholmadik. Telefon orqali bog‘lanilganda, u yigit ham ayni rahbarlarning gapini takrorladi.

    — Hammasi yaxshi, biz kelishib oldik!

    Bu hol hammada “Mazza qilib uraman, keyin hokim va imom-xatibni o‘rtaga qo‘yib, bir og‘iz kechirib so‘rasam, jabrlanuvchi bilan kelishtirib qo‘yishadi”, degan fikrni uyg‘otmaydimi? Yoki o‘zi shundoq ham yetishmayotgan oliy ma’lumotli, tajribaga ega bo‘lgan shifokorlarning har birining eshigi yoniga bittadan posbon qo‘yish vaqti keldimi?

    15.02.2019, 11:48   Izoh (0)   53985
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Erkinjon Turdimov: Samarqanddagi qurilish bilan bog‘liq pinhona kelishuvlar korrupsiyaga yo‘l ochgan

    15.02.2019, 11:01

    Andijonda 61 yoshli ayolning jasadi o‘z uyi yotoqxonasidan topildi

    15.02.2019, 10:44

    Rossiyadan O‘zbekistonga neft yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim imzolanmadi

    15.02.2019, 10:34

    Oliy Majlis deputati: Fuqarolar yig‘ini raislarini tayinlash amaliyotiga yo‘l qo‘ygan chekka hudud mutasaddilariga chora ko‘rish kerak

    15.02.2019, 10:30

    Noyob qo‘lyozmalar nusxalari O‘zbekistonga qaytarilmoqda

    15.02.2019, 09:47

    NATO vakillari Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy hamkorlik bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi

    15.02.2019, 09:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tog‘lik kuyov” filmi orqali tanilgan aktor va kaskadyor Yo‘lchi Ortiqov 51 yoshida vafot etdi

    Madaniyat | 10 avgust, 16:11

    Britaniyaning yadro bombalari saqlanadigan bazasidan dengizga radioaktiv suv sizib chiqqan — maxfiy hisobot

    Dunyo | 10 avgust, 15:45

    O‘zbekistonda birinchi marta tungi yorug‘lik orqali iqtisodiy faollik baholandi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 15:05

    Tel-Avivda minglab aholi hukumatga qarshi namoyishga chiqdi

    Dunyo | 10 avgust, 14:17

    AQSH davlat kotibi Isroil–HAMAS muzokaralari izdan chiqishida Makronni aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 13:20

    Oylik 2,2 ming yevrogacha: o‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif etilmoqda

    O‘zbekiston | 10 avgust, 12:45

    “Xoh Rossiya bilan, xoh Rossiyasiz” Eron AQSH qo‘llovidagi Zangizor koridoriga qarshi chiqishini ma’lum qildi

    Dunyo | 10 avgust, 12:15

    O‘zbekistonda hafta boshida harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.